«bosh vazir o‘rinbosari» tegli maqolalar


Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
15 fevral 2023, 13:05

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.

Shuhrat G‘aniyev: Bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht olishga erishildi
12 dekabr 2022, 12:17

Shuhrat G‘aniyev: Bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht olishga erishildi

Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning aytishicha, 2022 yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Biroq shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot, 2,7 mln tonna go‘sht, 3,5 mln tonna paxta olishga erishildi, dedi u.

ITSV — bosh vazir o‘rinbosari rafiqasi va qaynotasi nomining «Pandora arxivida» keltirilgani haqida
17 aprel 2022, 10:46

ITSV — bosh vazir o‘rinbosari rafiqasi va qaynotasi nomining «Pandora arxivida» keltirilgani haqida

Ofshor kompaniyalar xizmatidan foydalanish bo‘yicha «Pandora arxivi»da bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakovning rafiqasi Nodira Umurzakova va qaynotasi Marlen Azizovning ham nomlari borligi ma’lum bo‘ldi. ITSVning bildirishicha, Azizov 1990-yillarning boshidan buyon biznes bilan shug‘ullangan, Umurzoqova esa hech qachon xorijda hech qanday aktiv yoki mulkka egalik qilmagan yoki benefitsiar bo‘lmagan.

Bosh vazir o‘rinbosari tadbirkor va eksportchilarni sust qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlarni tanqid qildi
29 mart 2022, 10:36

Bosh vazir o‘rinbosari tadbirkor va eksportchilarni sust qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlarni tanqid qildi

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov tadbirkor va eksportchilarni sust qo‘llab-quvvatlayotgan rahbarlarni tanqid qildi. 12 ta hududdagi tuman va shaharlar hokimlarining 31 nafar o‘rinbosari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmalarining tarmoq rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting